webXalq ta’limi vazirining 2016 yil 23 martdagi 76-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2016” ko‘rik-tanlovi boshlandi.

Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2016 yilning 23 martdan 12 apreliga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.

Ko‘rik-tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

   1-nominatsiya – «Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti»;

umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablarining veb-saytlari o‘rtasida;

   2-nominatsiya – «Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti»;

umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘qituvchilarining veb-saytlari o‘rtasida;

3-nominatsiya – «Хalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti»;

Xalq ta’limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari) va ular tassarufidagi tashkilotlar (Barkamol avlod markazlari, Axborot resurs markazlari), pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari o‘rtasida.

Xohish bildirgan muassasa va tashkilotlar ko‘rik-tanlovning hamkorlari bo‘lishlari va qo‘shimcha nominatsiyalar ta’sis etishlari mumkin. Tanlovni tashkil etishga doir qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Tashkiliy qo‘mitaga (0-371) 239-88-52, 239-47-07 va Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markaziga (0-371) 202-13-93 ichki raqamlar: 600, 101) murojaat etishingiz mumkin.

Fikrlar mavjud emas

Birinchi mulohazani siz yozishingiz mumkin.

Mulohaza bildirish

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.