“QALBIMIZ ARDOG`IDASIZ” DEB NOMLANGAN TADBIR ISHLANMASI

1-boshlovchi: Kulib issiq yuzimiz,

Porlab turar ko’zimiz.

Assalomu alaykum

Eng birinchi so’zimiz.

2-boshlovchi: Mehribon onalarga,

Jonkuyar otalarga.

Qadrdon ustozlarga

Assalomu alaykum.

1-boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli aziz mehmonlar.

2-boshlovchi: Assalomu-alaykum shu ilm dargohimizga o`zlarining mehr va muhabbatlarini ayamay, biz o`quvchilar uchun ta`lim-tarbiya berish uchun har doim oshiqayotgan aziz va mehribon ustozlar!

1-boshlovchi: Mana bugun Buyuk siyosat arbobi va elimiz qalbidan chuqur joy olgan inson Mustaqil O`zbekistonimizning asoschisi bo`lmish Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning 80-yillik tavallud ayyomlari ekan, shu tadbirimizga xush kelibsiz deymiz.

2-boshlovchi: Bugungi tadbirimizni ochib berish so`z navbatini maktabimiz direktori ustoz Qudratovga beramiz.

2-boshlovchi:  Bolam, deb o`pdingiz  peshonalarni,

Necha  ming  yelkalar suyanguvchi  tog`.

Erkinlik  istagan ona xalqimni,

Istiqlol  yo`liga olib chiqqan  sog`.

1-boshlovchi:  Davlat  qurib  berdingiz  ko`nglingiz  kabi

Ko`chalari  obod, yo`llari  ravon.

Buvim  nomingizga  qilsa  duolar,

Faxr-la  ko`ksimni  bosar  hayajon

2-boshlovchi: Jahon  osmonida  baland  bayrog`im,

Gullar  o`stiramiz  siz  bosganizga.

Islom  bobojonim, buyuk  nomingiz,

Samarqand  nonidek   azizdir   bizga!

1-boshlovchi: Darhaqiqat, ulug` bobomiz  Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning qilgan savobli ishlari har birimizning qalbimizda abadiy muhrlanib qoldi. U kishining har bir aytgan so`zlari bizning faqat va faqat olg`a qadam  tashlashimiz uchun  kuch ado etadi.

2-boshlovchi: To`g`ri aytdingiz. U kishining har bir aytgan so`zlari kishi ruhiyatini cho`qqilarga ko`taradi. Bilasizmi, u kishining birgina so`zlari hech qachon yodimdan chiqmaydi. “Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo`lmaganmiz, kam  bo`lmaymiz ham”.

(Shu  joyida  prezidentning  o`sha  so`zlari  yangraydi.)

1-boshlovchi: Mana azizlar, u kishining fikrlarini tingladingiz.

2-boshlovchi: Endi esa navbatni  bobomizga  atalgan  she`rlarga  beramiz.

1-o`quvchi: Ko`ngil isyon qilar, ko`zlar to`la yosh,

Bo`g`zimda  bir  faryod, ammo bermas  un.

Hatto  osmonda ham xiradir  quyosh,

O`zbekning  eng  mardi  ketgani  uchun.

2-o`quvchi: Adolatda  tengsiz, g`ayratda  tengsiz,

Aql-u zakovatda  doim  oldinda.

“Siz  mening  farzandim, siz  mening  qizim,

Degan  so`zlari   hech  ketmas  yodimdan.

3-o`quvchi: Siz  qurgan  binolar, siz qurgan  yo`llar,

Chorlab  turar  bizni  ezgulik  tomon,

Ishonaman  hattoki  ruhingiz  qo`llar,

Mangulikka  muhr   bo`lgan  bu  zamon.

4-o`quvchi:  Dunyoni  titratdi  bu  mash`um  xabar,

O`sha  kundan   buyon  oy ham qizargan.

Siyoh  tun  bag`ridan  kuzatsam agar,

Hatto  koinotda  yulduz  o`zgargan.

5-o`quvchi: Siz  qurgan  yangi  hayot  to abad  to`kin,

Islom  bobo, so`nmas  nurga  o`xshaysiz .

O`lim  qudrati  haq  bo`lishi  mumkin,

Lekin  yuraklarda  mangu   yashaysiz.

Ko`ngil  isyon  qilar  berolmas  bardosh

Qo`shiqqa  o`quvchi  qizlar  raqs  ijro etadilar.

1-boshlovchi: Bilasizmi, bugungi tadbirimizga o`quvchilar sahna ko`rinishi tayyorlab kelishgan ekanlar.

2-boshlovchi: Marhamat, sahna  ko`rinishini  tomosha  qiling.

……………………………………………………………….

1-boshlovchi: Mana bugungi tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizga xush  kayfiyat  tilagan  holda  tadbirimizni  yakunlaymiz.

2-boshlovchi: Sen  mening  tengdoshim  yoki  do`stimsan,

Akamsan, ukamsan  yoki  singlimsan.

Mayli  opam  bo`lgin, sen  qadrdonim,

Singlimdek  azizim  va  mehribonim.

Bilib  qo`y, unutma, so`zimni  tingla,

Xalqing  senga  ishonar, ishonchin  oqla.

 

1-boshlovchi:  Har  doim yodda  tut, tinchlik  bu-meros,

Barchamiz  asraylik  o`zbeklarga  xos,

Umrini  baxshida  etganlar  yodi,

Jalolidin, Temur, Islomlar  haqi,

Bilib  qo`y, unutma, so`zimni  tingla,

Xalqing  senga  ishonar, ishonchin  oqla.

 

 

 

Fikrlar mavjud emas

Birinchi mulohazani siz yozishingiz mumkin.

Mulohaza bildirish

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.