Sinf:     7

Sana:  23   02  2018  — YIL

Mavzu:  Ko`phadni   ko`paytuvchilarga   ajratishning  bir  necha  usullari  mavzusiga  doir  misollar   yechish

Darsning  maqsadi:

Tarbiyaviy:  o’quvchilarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  va ular  ongiga   axloqiy, ma’naviy fazilatlarni   shakllantirish.

Ta’limiy:  o’quvchilarning  og’zaki  va  yozma  hisoblash  malakalarini  o’stirish  ularni   darslik   bilan mustaqil  ishlashga o`rgatish.

Fanga oid bo`lgan kognitiv  kompetensiya elementlari:O`quvchi ko`phadlarni ko`paytuvchilarga ajrata oladi,mashqlar yechish ko`nikmalari shakllantiriladi.

Rivojlantiruvchi:  o’quvchilarning  dunyo  qarashlarini,  xulq-atvorini,  mukammal  insoniy  fazilatlarini  rivojlantirish  .

Tayanch kompetensiya elementlari:

a)kommunikativ kompetensiya:matematikaga oid bo`lgan terminlarni yod eta oladi.

b)o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi: mustaqil ravishda o`quv masalasini topa oladi,ifodalay oladi.

 d)matematik savodxonlik kompetensiyasi:aniq hisob-kitoblar asosida o`quvchi o`z shaxsiy rejasini tuza oladi,o`rganilgan formulalarni misollar yechishda qo`llay oladi.

Dars  turi:  Yangi bilim beruvchi

Usuli:  “Aqliy  hujum” .guruhlar  bilah  ishlash

Uslubi:  og’zaki,  yozma,  savol-javob

Jihozi: darslik,  chizg’ich, ko`rgazma,  tarqatmalar,  rag’batlantiruvchi shakllar.

 

 

Darsning  borishi:

  1. Tashkiliy qism o’tkazish

O’qituvchi:  qani,  aziz  bolajonlar!

Bugun  hamma  darsga  tayyormi?

O’quvchilar:  — Ustoz,  biz  sog’lommiz,  darsga  tappa  tayyormiz!

O’qituvchi:  Darsimiz   matematika

Matematika  fani

Fanlarning  kalitidir

Matematikasiz  hayot

Quruq  cho’lning  o’zidir.

Odam  bo’laman  desang

Matematikani  o’rgan

Bu  fan  ila  Ulug’bek

Fazolarga  yo’l  ochgan

O’quvchilar:  matematika  fanlar  ichida  shoh

Uning  sirlaridan   bo’lingiz  ogoh

O’qituvchi: bugun  sinfda  kim  navbatchi

—  bugun  qanaqa  kun

—  fevral  oyida  qanaqa  bayramlarni  nishonlaymiz?

—  konstutsiya  qachon  qabul  qilingan?

—  konstitutsiya  necha  bo’lim,  necha  modda,  necha  bobdan  iborat?

—  konstitutsiyaning  nechanchi  moddasida  har  kim  bepul  bilim  olish  huquqiga  ega  deb  yozilgan

Sinf  ikki  guruhga  bo’linib  musobaqa  o’tkaziladi. To’g’ri    javob  bergan  o’quvchilar  rag’bat  javob  berolmagan  o’quvchilar  jarima  kartochkalarini  oladi.

1-guruh  — Yosh metematiklar

2- guruh  — Yosh hisobchilar

O’qituvchi:  Men  nechun  sevaman  o’zbekistonni

Tuprog’in  ko’zimga  aylab  to’tiyo

Nechun  Vatan  deya  yer-u  osmonni,

Muqaddas  atayman,  atayman  tanho

Bolajonlar  vatanimizning  nomi

O’quvchilar:  O’zbekiston.

Kim  aytadi  biz  o’tgan  matematika  darsida  qaysi  mavzuni  o’tgan  edik.  Uyga  qanday  topshiriq  berilgan  edi?

O’qituvchi:- Endi,  aziz  bolajonlarim  men  sizlarga  2  ta  raqam,  ya’ni  7,  12  raqamlarini  yozib  qo’lingizga  beraman.  Ikki  guruhdan  2  ta  o’quvchi  raqamlarga  misollar  yozib  izoh  berishadi.  Bu  topshiriq  “Klaster”   usulida  bajariladi.

O’qituvchi: — mana,  bolajonlar  ko’rdingizmi?  Mana  shu  raqamlar  zamirida  ham  olam-olam  ma’no  bor  ekan.  Buni  doim  yodda  tuting.

Qolgan o’quvchilara  tarqatmalar  tarqataman.

Qani  endi  bolalar

Darslikka  ko’z  tashlaymiz

Yangi  darsni  boshlaymiz

Yangi  mavzu:  Ko`phadni   ko`paytuvchilarga   ajratishning  bir   necha   usullari

 

Ko`phadni  ko`paytuvchilarga   ajratishda  ba’zan  bir   emas,  balki bir  necha usullar  qo`llaniladi

1)  a-a=a(  a-1)= a(a-1(a+1)

2) 4x-y+4x+2y=(4x-y)+(4x+2y)=(2x-y(2x+y)+2(2x+y) =(2x+ y)(2x-y+2)

 

a+b=(a+b)( a-ab+b)

a-b= (a-b)(a+ab+ b)

 

  1. Dam olish  daqiqasi  o’tkazamiz.  Bunda o’quvchilar ingliz tilidan o’rgangan hafta kunlari haqidagi qo’shiqni aytib beradilar.  Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi misollar

27+b=(3+b)(9-3b+ b)

 

402-misol

47- 37=(47+37 (47-37)= 84  10= 840

54-44=(54+44)(54-44)=98  10  =980

O’qituvchi:  Endi  navbat  matematik  maqollarga.  Har  bir  guruh  ikkitadan  maqol  aytadi.

1-guruh.

Bir  yigitga  qirq  hunar  ham  oz.

 

Bir  yil  tut  ekkan  kishi,  ming  yil  gavhar  teradi.

2-guruh.

Yetti  o’lchab  bir  kes.

 

Bilagi  zo’r  birni  yiqar,

Bilimi  zo’r  mingni.

Birni  kessang,    o’nni  ek.

Oyning  o’n  beshi  qorong’i  bo’lsa,

O’n  beshu  yurug’.

 

Endi  har  bir  guruh  o’quvchilari  bittadan  matematik  topishmoq   aytib  beradi.

1-guruh.

— Arig’imiz  bo’yida

Oltmish  terak  o’sadi

Qurilish  qilib  akam

Qirqtasini  kesadi

Arig’imiz  bo’yida

Terak  endi  nechta  kam?

2-guruh

— O’rdak  4000  bozorda,

1000  so’m  arzon  Eldorda

Hisoblang-chi,  bolalar,

Eldorda  turar  qanch?

Dars yakuniga  ikkala guruh olgan ballar jamlanadi. G’olib guruh aniqlanadi. Darsga qatnashga o’quvchilar  baholanadi va uyga vazifa topshiriladi.

405- misol        uyga vazifa

 

  • 4a-9=(2a-3)()
  • 25x-9=(5x-3)(5x+3)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

36-UMUMIY   O’RTA

TA’LIM  MAKTABINING  matematika fani  O’QITUVCHISI

Saidova Saodatning

7-SINFDA   MATEMATIKA  FANIDAN  O’TKAZGAN  ochiq  dars  ishlanmasi

 

 

 

 

 

8-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan’’Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh’’ mavzusida o’tkazilgan tadbir ishlanmasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Assalomu-alaykum aziz ustozlar, hurmatli o’quvchilar tadbirimizga xush kelibsiz. 8-sinf o’quvchilari ikki  guruhga bo’linib, matematikadan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida bellashmoqchilar.  Bellashuv shartlari quyidagicha:

1.Guruh a’zolarini tanishtirish

2.Tezkor savol javob

3.Allomalar hayoti va  ijodidan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fikrlar mavjud emas

Birinchi mulohazani siz yozishingiz mumkin.

Mulohaza bildirish

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.